AsosiyJamiyat

Bojxona postida 509 gramm tilla taqinchoqlar bemavrid “jilolandi”

'Bojxona postida 509 gramm tilla taqinchoqlar bemavrid “jilolandi”'ning rasmi

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib chiqilishiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara-bojxona postida qo`shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro S.M.ning bezovtalanishi bojxonachilarda bejiz shubha uyg`otmagan ekan.

Ushbu shaxs xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, bo`yniga va qo`llariga taqib olgan holda 4 turdagi tilla taqinchoqlarni yashirincha olib chiqmoqchi bo`lganligi fosh bo`ldi. 295 gr. og`irlikdagi mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 118 mln. so`mni tashkil qilar ekan.

Ayni shu kuni yana bir fuqaro M.M ham 3 turdagi zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqish uchun yuqoridagi kabi “usul”ni qo`llab ko`rdi. Ammo, bu “usul” unga ham naf bermadi. Natijada, qiymati 85,6 mln. so`mlik 214 gr. og`irlikdagi zargarlik buyumlarini olib chiqish unga “nasib” qilmadi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar