Pokistonning Karachi shahrida 3 qavatli bino qulab tushdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Voqea shaharning sharqiy qismida ro`y bergan. Falokat oqibatida 2 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Yana 4 kishi jiddiy jarohat olib, kasalxonaga etkazilgan. Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda. Ushbu jarayonga ko`ngillilar ham jalb etilgan. Binoning qulash sabablari ma`lum qilingani yo`q.






