AsosiyJamiyat

Samarqandda 24 fuqaroga qalbaki chipta sotgan firibgarlar aniqlandi

'Samarqandda 24 fuqaroga qalbaki chipta sotgan firibgarlar aniqlandi'ning rasmi

Sh.Aliqulova Rossiyaga borish uchun chipta sotib olib, tayyorgarlikni ko`rdi. Belgilangan vaqtda yaqinlari bilan xayrlashib, aeroportga kelib, chiptalarni rasmiylashtirish bo`limida chipta qalbaki ekanligini bilib qoldi.

Shunda Sh.Aliqulova darhol bu haqda ichki ishlar bo`limiga xabar qiladi, deb yozadi Zarnews.uz nashri.

Chipta sotib olingan joy, ya`ni Samarqand shahridagi Kaftarxona ko`chasida bu paytga kelib aviakassaning izi ham yo`q edi. Surishtiruv natijalariga ko`ra, firibgarlar vaqtincha joyni ijaraga olib, aviakassa sifatida birmuncha vaqt faoliyat ko`rsatgan.

Tezkor tadbirlar natijasida firibgarlarning shaxsi aniqlandi. Ular 24 nafar fuqaroga Turkiya va Rossiya davlatlariga aviachipta sotishga ulgurgan.

Ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Shuningdek, jabrlanuvchilarga pullarini qaytarish choralari qo`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar