AsosiyShou-biznes

Merilin Monroga yozilgan sevgi xati auksionda sotiladi

Mashhur gollivud aktrisasi Merilin Monroga ikkinchi eri basketbolchi Jo di Madjio tomonidan yuborilgan sevgi xati  dekabr oyida Beverli-Xillzda o`tkaziladigan "Merilin Monroning yo`qolgan arxivi” auksionida sotilishi mumkin, deya xabar bermoqda gazeta.ru.
"Men seni sevaman va sen bilan bo`lishni istayman. Hech narsani sening ishonchingni qaytarishdek istamaganman”, - deb yozgan Madjio 1954 yili Monro ajrashish to`g`risida e`lon qilgach.

Auksionda Klark Geybl va Keri Grantlarning ham Monroga yozgan xati qo`yiladi, shuningdek uning shaxsiy narsalari, ya`ni ichki kiyimi, ipak paltosi hamda idishlari ham sotilishi rejalashtirilgan.

Auksion tashkilotchisi Darren Julien 1 million dollar foyda ko`rishni mo`ljallangan.

    Boshqa yangiliklar