AsosiyJamiyat

Endi tadbirkorlar tegishli lisenziyasi bo`lmasdan ham meva-sabzavot eksport qiladi

'Endi tadbirkorlar tegishli lisenziyasi bo`lmasdan ham meva-sabzavot eksport qiladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ulgurji savdo lisenziyasiga ega bo`lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega hamda ularning tushumlariga yagona soliq to`lovi qo`llaniladi.

Eksport dastlabki to`lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda kontraktni sug`urta polisisiz amalga oshirilishi mumkin.

Eksport qiluvchilar meva-sabzavotlarni keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i bo`yicha imtiyozlar sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a`zolariga ajratilgan erlarda etishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qo`llaniladi.

Mahsulotlarni transportda tashishda tabiiy yo`qolish kuzatilganida bu haqda tadbirkorlar Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma`lumot kiritadi.

Tabiiy yo`qolishlar bo`lganida yo`qolish summasi debitor qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi.

Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontrakti bo`yicha debitorlik qarzi mavjud tadbirkorlar avtomatik ravishda nohalol eksportchilar reestriga kiritiladi.

Nohalol eksportchilar keyingi eksportini faqat 100 foizli oldindan to`lov sharti bilan amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar