Bundan buyon O`zbekistonda elektr to`lovini kechiktirgan fuqarolar qarzdorlikning har bir kuni uchun 0,1 % jarima to`laydi, deb xabar qilmoqda "O`zbekenergo".
Yangi tartib tartib 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab belgilangan. Jarimaning eng katta miqdori qarzdorlikning 50% idan ortiqcha bo`lmasligi kerak.
Qarzdorlik uchun jarimalarning yangi miqdori 2019 yilning 1 yanvaridan so`ng olingan ko`rsatmalariga asoan belgilanishi mumkin. Oldindan to`lov amalga oshirilgan taqdirda, qarzdorlik keyingi oyning 11 sanasidan boshlab hisoblanadi.






