AsosiyJamiyat

"Davlat xizmatlarining sirli mijozi" instituti tashkil etiladi

'"Davlat xizmatlarining sirli mijozi" instituti tashkil etiladi'ning rasmi

“Sirli mijoz” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste`mol qilishga undovchi usullarni qo`llash taqiqlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevralda “O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o`rnini yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o`rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini yaratish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy etiladi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad – ko`rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirishdir.

Shuningdek,

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste`mol qilishga undovchi usullarni qo`llash taqiqlanadi;

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti ma`muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko`rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;

• ma`lumotlarni yig`ish uchun haqiqiy “mijoz” ko`rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalaniladi;

• “sirli mijoz” tomonidan monitoring nafaqat bevosita ob`ektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo`ng`iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari shaxsiy bo`lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo`llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko`rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko`rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini ko`rsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo`lmaydi va tavsiyaviy ko`rinishga ega bo`ladi;

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti faoliyatini yuritish bilan bog`liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi hamda O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar