Kolumbiya va Venesuela chegarasida yirik to`qnashuvlar sodir bo`lmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Xuan Guaydo boshchiligidagi muxolifat o`zini qo`llab-quvvatlayotgan mamlakatlardan Venesuelaga insonparvarlik yordami olib kirilishini ta`minlashga urinmoqda. Biroq amaldagi mamlakat rahbari Nikolas Maduro tarafdorlari va harbiylar gumanitar yordamni mamlakatga kiriishiga yo`l qo`yishmayabdi.Oqibatda esa har ikki tomon o`rtasida to`qnashuvlar kelib chiqqan. Ayrim manbalar hodisa oqibatida bir necha kishi qurbon bo`lganini ma`lum qilishmoqda.






