Avstriyaning Zalsburg shahrida 1-3 mart kunlari karate (WKF) bo`yicha "Karate-1 A seriya" turkumiga kiruvchi xalqaro turnir o`tkaziladi.
Bugun karate bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan musobaqada ishtirok etish uchun Zalsburgga jo`nab ketdi.
Mazkur musobaqada terma jamoamiz sharafini Sherzod Rahimqulov, Bekzod Tuyg`unov (-60 kg), Asilbek Madaminov, Akmal Choriev (-67kg), Jahonshoh Ibrohimov (-75 kg), Abdulaziz Otaboev (-84 kg) himoya qiladi.






