Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetidagi ta`lim jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazining talabalari tashrif buyurishdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy kanalida xabar berildi.
Termiz shahar Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi 4 ta guruhining 1 oy mobaynida Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida mashg`ulot olib borishlari, O`zbekiston va o`zbekistonlik tengdoshlari bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.






