AsosiyJamiyat

G`alla hosildorligini yanada oshirish bo`yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi

'G`alla hosildorligini yanada oshirish bo`yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 fevral kuni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda muhim bo`lgan g`alla parvarishini tizimli tashkil etish va hosilga-hosil qo`shish bo`yicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumki, 2018 yilda ob-havo o`ta issiq va quruq kelganiga, janubiy viloyatlarda suv tanqis bo`lganiga qaramay fermerlarimizning fidokorona mehnatlari tufayli har gektardan o`rtacha 45 sentnerdan hosil olinib, jami 5 million 200 ming tonnadan ortiq g`alla etishtirildi.

Bu yil esa yog`ingarchilik miqdori o`tgan yilga nisbatan ikki marta, avvalgi yillarga qiyosan 1,3 barobar yuqori bo`lmoqda. Tollimarjon suv omborida 1 milliard kub metr, Chimqo`rg`on, Pachkamar va boshqa suv omborlarida o`tgan yilga nisbatan 2-3 barobar ko`p suv yig`ildi, Sardoba suv ombori ishga tushirildi. Bu mamlakatimizda g`alladan o`tgan yilga nisbatan ancha ko`p hosil olish mumkinligini anglatadi.

Fermerlarni rag`batlantirish uchun 2019 yilda bug`doyning har bir tonnasi uchun 1 million 200 ming so`m yoki o`tgan yilga nisbatan 1,6 barobar yuqori xarid narxi belgilandi.

Katta hosil olgan fermerlarni davlat xarid narxiga 25 foizgacha, ya`ni har bir tonna don uchun 300 ming so`mgacha ustama qo`llashni nazarda tutadigan rag`batlantirish tizimi tashkil qilindi. Bu esa mo`l hosil etishtirishga katta zamin yaratadi.

Yana bir muhim jihat – azotli, fosforli va kaliyli o`g`itlar o`z vaqtida joylarga etkazib berildi. Bir so`z bilan aytganda, bu yilgi sharoitdan foydalanib, hosildorlikni va don etishtirish hajmini o`tgan yilga nisbatan kamida 30 foizga oshirish uchun barcha sharoit yaratildi.

Lekin, shuncha imkoniyatlarga qaramay, o`rganishlar natijalari ayrim viloyatlarda g`alla rivoji qoniqarsiz ekanini ko`rsatmoqda. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Qarshi, G`uzor, Chiroqchi va Koson tumanlari, Samarqand viloyatining Bulung`ur, Jomboy, Pastdarg`om tumanlari, Jizzax viloyatining Do`stlik, Sharof Rashidov, Zafarobod tumanlari, Sirdaryo viloyatining Xovos, Oqoltin va Guliston tumanlarida g`alla o`sishdan ortda qolmoqda. Toshkent viloyatida ham g`alla ekish ishlari kechiktirib yuborilgan.

Yig`ilishda yo`l qo`yilgan bu kabi holatlar har bir hudud misolida tanqidiy tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish, hosildorlikni oshirib, qo`shimcha don ishlab chiqarishni ta`minlash bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rish lozimligi qayd etildi.

50bad531-7e58-7cd1-2d24-56d7ccbcb694.jpg

Bu yil g`allachilik uchun o`ta qulay kelayotgani ta`kidlanib, hosildorlikni oshirish, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha bir qator topshiriqlar berildi.

G`allachilikda ilmiy yondashuvlar asosida klasterlar tashkil etish zarurligi ta`kidlandi.

G`alla parvarishi bo`yicha tashkil etilgan respublika ishchi guruhlari joylarga borib, viloyatlar va tumanlar 4 ta sektor rahbarlari bilan birga g`alla hosildorligini kamida 30 foizga oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosini tashkil qilishi kerakligi qayd etildi.

“O`zagrokimyohimoya” jamiyati viloyatlar va tumanlar hokimlariga g`allani gektariga 200 kilogrammdan azotli o`g`itlar bilan ikkinchi oziqlantirishni joriy yil 10 martgacha to`liq yakunlash vazifasi topshirildi.

“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga g`allani uchinchi oziqlantirish uchun talab etiladigan azotli mineral o`g`itlarni joriy yil 1 martga qadar to`liq joylarga etkazib berish va etarli zaxirasini yaratish, Suv xo`jaligi vazirligiga suv sarfini kamaytirish va oqilona foydalanish yuklatildi.

Yig`ilishda viloyatlar va tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari har bir fermer xo`jaligi kesimida agrotexnik tadbirlarni belgilab, hosildorlikni oshirish va qo`shimcha don etishtirishni ta`minlash uchun shaxsan javob berishi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar