AsosiySport

Yunon-rum kurashchilarimiz Vengriyadagi Gran-Prida 3 ta medalga sazovor bo`lishdi

'Yunon-rum kurashchilarimiz Vengriyadagi Gran-Prida 3 ta medalga sazovor bo`lishdi'ning rasmi

22-24 fevral kunlari Vengriyada yunon-rum kurashi bo`yicha Gran-Pri turniri bo`lib o`tdi. Ushbu reyting musobaqasida jahonning turli mamlakatlaridan polvonlar sovrinli o`rinlar uchun kurash olib bordilar.

Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan o`zbekistonlik sportchilarning uch nafari shohsupaga ko`tarildi. -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov oltin medalga sazovor bo`lgan bo`lsa, mazkur vazndagi boshqa sportchimiz Javohir Mirahmedov bronza medaliga ega chiqdi. -60 kg vaznli sportchimiz Feruz To`xtaev finalgacha etib bordi va kumush medal sohibiga aylandi.

MOQ xabariga ko`ra, ushbu ishtirok orqali yunon-rum kurashchilarimiz Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun qimmatli bo`lgan reyting ochkolarini ishlab olishdi.

    Boshqa yangiliklar