AsosiyDunyo

Qozog`istonga Bosh vazir tayinlandi

'Qozog`istonga Bosh vazir tayinlandi'ning rasmi

Asqar Mamin Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda bugun mamlakat Prezidenti Nursulton Nazarboevning farmoni e`lon qilindi.

"Mamlakat rahbari Askar Maminni Qozog`iston Bosh vaziri etib tayinlash to`g`risidagi farmonni imzoladi", - deyiladi Prezident matbuot xizmatining Twitterdagi sahifasida.

53 yoshni qarshilagan Asqar Mamin respublikaning transport va kommunikasiyalar vaziri, Ostona shahri hokimi, "Qozog`iston temir yo`li" milliy kompaniyasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016 yilning sentyabridan Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o`tamiz, Qozog`iston Prezidenti 21 fevral kuni hukumatni iste`foga chiqarish to`g`risidagi farmonni imzolab, Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri lavozimini vaqtincha Mamin Asqar Uzakpaevichga yuklatgan edi.

    Boshqa yangiliklar