AsosiyJamiyat

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi

'Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi'ning rasmi

Endilikda boshqa idoralar bilan kelishib qabul qilingan idoraviy qonun hujjatlarga kiritilayotgan o`zgartirishlarni shu idoralarning barchasi bilan kelishish shart emas.

Adliya vazirining buyrug`i bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Hujjatga muvofiq, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish tartibi soddalashtirildi.

Xususan, endilikda boshqa idoralar bilan kelishib qabul qilingan idoraviy qonun hujjatlarga kiritilayotgan o`zgartirishlarni shu idoralarning barchasi bilan kelishish shart emas.

O`zgartirishlar kiritishda, hujjat qabul qilinishida kelishilgan idoralardan qaysi birining manfaatlariga (vakolatlariga) daxl qilsa, o`sha idoraning roziligi olinadi.

    Boshqa yangiliklar