“Dahshatlar qiroli” Stiven Kingning yangi asari nashr etildi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Yangi roman “Begona” deb atalib, o`zida detektiv, mistika, xorror janrlarini mujassam etgan. Flint-Siti shahrida bir o`smirning joniga qasd qilinadi. Bunda maktabdagi murabbiy ayblanadi. Hammasi shundan boshlanadi.
Tanqidchilar ushbu kitobni allaqachon triller janridagi eng yaxshi kitoblardan biri sifatida e`lon qilishdi.






