Jeyms Kemeron “Avatar 2” haqidagi ayrim ma`lumotlarni oshkor qildi, deya ma`lum qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Yangi filmda birinchi qismdagi voqealardan bir necha yil o`tib, Jeyk va Neytiri farzand ko`rishadi. Voqealar suv ostida kechib, filmning ishchi nomi hozircha “Suv yo`li” deb ataladi.
Aytilishicha, Kemeron avvalboshda Jeyk roliga Kris Evans, Chenning Tatum yoki Mett Deymonni olmoqchi bo`lgan ekan. Ammo mashhur rol Sem Uortingga nasib etgan.
“Avatar 2” 2020 yil 18 dekabrda katta ekranlarga chiqrilishi rejalashtirilmoqda.






