Parijda “Sezar” kinomukofotining 44-taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
“Eng yaxshi film” Ksave Legranning “Otaliq” filmiga nasib etdi.
“Eng yaxshi aktrisa” deya ushbu filmda rol ijro etgan Lea Dryukerga nasib etgan bo`lsa, “Gi” kartinasidagi Aleks Luts “Eng yaxshi aktyor” deb tan olindi.
“Aka-uka Sisters” vesternini suratga olgan Jak Odyar “Eng yaxshi rejissyor” deb e`lon qilindi.






