AsosiyDunyo

“Oskar”ga sanoqli soatlar qoldi

'“Oskar”ga sanoqli soatlar qoldi 'ning rasmi

25 fevral kuni Los-Anjelesda “Oskar” kinomukofotining navbatdagi g`oliblari ma`lum bo`ladi, deya xabar berdi Kinonews.ru nashri.

“Eng yaxshi film” uchun “Qora pantera”, “Qora qabila”, “Bogema rapsodiyasi”, “Mahbuba”, “Yashil kitob”, “Rim”, “Yulduz tug`ildi”, “Hokimiyat” kartinalari kurash olib boradi.

“Eng yaxshi aktyor” uchun Rami Malek (“Bogema rapsodiyasi”), Kristian Beyl (“Hokimiyat”), Uillyam Defo (“Van Gog. Abadiyat ostonasida”), Bredli Kuper (“Yulduz tug`ildi”), Viggo Mortenson (“Yashil kitob”) nomzodlari qo`yilgan.

“Eng yaxshi aktrisa” sifatida Ledi Gaga (“Yulduz tug`ildi”), Oliviya Kolman (“Mahbuba”), Yalisa Aparisio (“Rim”), Glenn Klouz (“Rafiqa”), Melissa MakKarti (“Meni avf eta olasanmi?”) nomzodlari ko`rsatilgan.

Sem Eliot (“Yulduz tug`ildi”), Sem Rokuell (“Hokimiyat”), Maxershala Ali (“Yashil kitob”), Richard E. Grant (“Meni avf eta olasanmi?”), Adam Drayver (“Qora qabila”) “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” nominasiyasi uchun yulduzlarini sinab ko`rishadi.

Emma Stoun (“Mahbuba”), Emi Adams (“Hokimiyat”), Marina De Tavira (“Rim”), Reychel Uayz (“Mahbuba”), Rejina King (“Agar Bill-strit gapira olganda”) esa “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominasiyasi uchun omadlarini minab ko`rishadi.

Yorgos Lantimos (“Mahbuba”), Spayk Li (“Qora qabila”), Alfonso Kuaron (“Rim”), Adam MakKey (“Hokimiyat”), Pavel Pavlikovskiy (“Sovuq urush”) bo`lsa “Eng yaxshi rejissyor” nominasiyasiga nomzodlari qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar