Yurtimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamirida har tomonlama yuksak salohiyatga ega navqiron avlod vakillarini kamol toptirishdek ezgu maqsadlar mujassam ekanini ko`rish mumkin.
Davlatimiz rahbari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida “O`zbekiston Yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o`ziga xos markaz bo`lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo`lsak, yoshlar uchun “sosial lift” vazifasini bajarishi kerak. U bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratishi kerak”, degan fikrni ilgari surgan edi.
O`zbekiston Yoshlar ittifoqi o`z oldiga qo`ygan maqsadalar sari dadil qadam tashlashda davom etmoqda. Qisqa vaqt ichida tashkilot o`z bag`ridan mamlakatimizga sodiq xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni shakllantirib, uchirma qilishga erishdi.Chunonchi,2018 yilning avgust oyida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiraisining birinchi o`rinbosari Odiljon Tojiev Toshkent viloyati hokimining o`rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Bugun uning safdoshlari soni ortmoqda. Joriy hafta avvalida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o`rinbosari O`tkir Shukurov Andijon viloyati hokimi o`rinbosari lavozimiga kirishgan edi.
Kuni kecha 3 nafar salohiyatli kadrlarimiz ham munosib lavozimlarga tayinlandi. Shu vaqtga qadar O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Zangiota tuman Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Nosirov Toshkent viloyatining ma`muriy markazi Nurafshon shahri hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlangan bo`lsa, Ittifoqning Nurafshon shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borgan BaxtiyorShirov Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha viloyat idoralararo komisiyasining mas`ul kotibi lavozimiga, tashabbuskor va serg`ayratligi bilan katta jamoaning nufuzini ko`targan Respublika yoshlar markazi Toshkent shahar bo`linmasi direktori Husan Bekmurodov Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.
Darhaqiqat, bugun mamlakatning buguni va ertangi kuniga befarq bo`lmagan, Vatani, xalqi uchun yonib yashaydigan etuk kadrlarni etkazib berish O`zbekiston Yoshlar ittifoqi oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi. Biz masu`luyatli lavozimlarga tayinlangan safdoshlarimizning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!






