“Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o`rnatilgan ushbu chaqiruv tugmasining asosiy vazifasi hududda sodir bo`layotgan har qanday noxush holatlarni barvaqt bartaraf etishdir.
O`zA xabariga ko`ra, murojaat etuvchi Vaziyatlar markazi operatorlari bilan vizual va ovozli aloqaga chiqadi.

Shaharning yana 11 hududida xuddi shunday tezkor chaqiruv tugmalarini o`rnatish ishlari olib borilmoqda.







