O`zbekistonning Chexiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nabijon Qosimov (qarorgohi Berlin shahrida) Praga shahrida prezident Milosh Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Chexiya prezidenti O`zbekistonning Markaziy Osiyoda yaqin qo`shnichilik munosabatlari va hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu jarayonga qo`shni Afg`onistonni jalb qilishdagi rolini alohida qayd etar ekan, bu esa mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta`minlashga xizmat qilishiga ta`kidladi.
Milosh Zeman Chexiya tomonining O`zbekiston bilan ko`p qirrali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdorligi, shuningdek, mamlakatda islohotlar jarayoniga zarur yordam ko`rsatishga tayyorligini qayd etdi.






