AsosiyJamiyat

Patrul avtomobillariga yangi turdagi fotoradarlar o`rnatildi

'Patrul avtomobillariga yangi turdagi fotoradarlar o`rnatildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi viloyat hududida tezlik oqibatida yo`l-transport hodisalari salmog`ini kamaytirish maqsadida patrul avtomobillarga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari o`rnatmoqda.

Ushbu patrul avtomobillarga o`rnatilgan fotoradarlar real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarlikni qayd etadi. Simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo`lgan ma`lumotlarni “O`zbekiston pochtasi”ning ma`lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsga pochta orqali xabar beradi.

Hozirda ushbu fotoradarlar test rejimida ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar