AsosiyJamiyat

Zominlik o`qituvchilarning shikoyatiga XTV munosabat bildirdi

'Zominlik o`qituvchilarning shikoyatiga XTV munosabat bildirdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 fevral kuni "Maʼrifat" gazetasida "Zominlik o`qituvchilar maoshi nega kechikyapti?" nomli maqola chop etilgan.

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko`ra, o`qituvchilarga naqd pul berish Xalq ta`limi vazirligi va hududiy boshqarmalari vakolatiga kirmasa-da, vazirlik vakolati doirasida gazetada chop etilgan Zomin tumanidagi o`qituvchilar murojaatlarini o`rganib chiqqan. Mahalliy banklar naqd pul etkazib berish uchun mas`ul ekanligi ta`kidlangan.

"Shu o`rinda mahalliy banklar naqd pul etkazib berish uchun mas`ul ekanligini ta`kidlashimiz lozim", - deyiladi vazirlik xabarida.

Murojaat yuzasidan Jizzax viloyati hokimiyati vakillari bergan ma`lumotga ko`ra, bu kabi holatlarni yuzaga kelishiga sabab mahalliy banklarda naqd pul muammosi bo`lgan.

"Ammo bugungi kunda bu masala ijobiy hal etilgan. Ayni vaqtda barcha o`qituvchilar oylik maoshlarini naqd pul bilan olishgan", - deyiladi xabarda.


    Boshqa yangiliklar