AsosiySport

Oksana Chusovitina Melburndagi jahon kubogida kumush medalga sazovor bo`ldi

'Oksana Chusovitina Melburndagi jahon kubogida kumush medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Avstraliyaning Melburn shahrida sport gimnastikasi bo`yicha jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Musobaqada sayyoramizning etakchi gimnastlari sovrinli o`rinlar uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun ayollar o`rtasidagi tayanib sakrash bahslarida final bellashuvlari tashkil etildi. Quvonarlisi, o`zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina hal qiluvchi chiqishda 14,200 natija ko`rsatib, kumush medalga sazovor bo`ldi. Bu borada birinchi o`rinni Janubiy Koreya vakilasi Seo Jeong Eo (14,266 ochko) egallagan bo`lsa, xitoylik Linmin Yu (14,083) kuchli uchlikka yakun yasadi.

Chusovitina bu orqali qimmatli bo`lgan reyting ochkolarini o`z hisobiga qo`shib qo`ydi. Milliy olimpiya qo`mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Oksana Chusovitinani muborakbod etadi.

    Boshqa yangiliklar