AsosiyJamiyat

Mamlakatimiz bozorlarida tarqalgan sun`iy tuxumlar bo`yicha rasmiy ogohlantiruv berildi (video)

'Mamlakatimiz bozorlarida tarqalgan sun`iy tuxumlar bo`yicha rasmiy ogohlantiruv berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali O`zbekiston bozorlarida, xususan, «O`rikzor» savdo kompleksida sun`iy tuxumlar sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga ko`ra, mazkur holat yuzasidan 2019 yil 22 fevral kuni «O`rikzor» savdo kompleksi MChJga qarashli do`konlarda monitoring, ya`ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o`tkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan, tibbiy daftarchalarga ega bo`lish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma`lumotlarini taqdim etish talablari qo`yildi.

Shuningdek, savdoda bo`lgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining o`zi guvohligida qisqa muddatli ko`rgazmali tekshiruv o`tkazildi.

Xulosalarga ko`ra, tekshiruv davomida tuxum namunalari iste`molga yaroqli ekani aniqlandi.

Mutasaddilar tomonidan o`zaro axborot almashishga kelishilib, nazorat kuchaytirildi.

«O`rikzor» savdo kompleksida sun`iy tuxumlar sotilayotgani haqidagi tarqalgan video:


Boshqa yangiliklar