AsosiyDunyo

Novosibirskda do`stini shokolad bo`lagi bilan o`ldirgan erkak 15 yilga qamalishi mumkin

Novosibirkda yashovchi erkak do`sti bilan janjallashib qoladi va uni do`pposlab, og`ziga  shokolad bo`lagini solib qo`yadi. Natijada do`stining nafas yo`li berkilib, voqea joyida vafot etadi.

Mahalliy prokuraturaning xabar berishicha, 40 yoshli qotilga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Tergov davomida ma`lum bo`lishicha, u do`stini shokolad bo`lagi bilan o`ldirgach, uning uyali telefoni, pullarini ham olib, yashiringan.

Biroz vaqtdan so`ng, ayblanuvchi qo`lga olingan, deb xabar qiladi Tass agenligi.

    Boshqa yangiliklar