Falokat paytida 295 kishi halok bo`lgan Janubiy Koreyaning “Sevol” kemasi kapitani 36 yilga qamoq jazosiga mahkum qilindi, deya xabar bermoqda “Renxap” agentiligi.
Shunday qilib, 69 yoshli li Chjun Sok o`lim jazosidan qutulib qoldi. Ushbu hukmni Kvanju shahrida o`tgan sud qaror qildi. Kapitan favqulodda vaziyatlardagi mas`uliyatsizligi sababli insonlar o`limiga sabab bo`lganligi uchun aybdor deb topildi, ammo u qotillik amalga oshirganlikda ayblanmadi.
Seshanba kuni Janubiy Koreya hukumati kema falokati natijasida yo`qolganlarni qidirish ishlarini to`xtatganligi ma`lum bo`ldi.





