AsosiyShou-biznes

Jastin Biber navbatdagi qilig`i uchun jazolandi

Kanadalik xonanda Jastin Biber qo`shnisining uyiga tovuq tuxumini tashlagani uchun 80 ming dollardan ko`proq jarima puli to`ladi. Bu haqda dushanba kuni Los-Anjelosda bo`lib o`tgan sudda uning advokati ma`lum qilgan.

Bundan tashqari uning so`zlariga ko`ra, xonanda o`z jahl va g`azabini bosish maqsadida maxsus kurlarga qatnaydi va ularni 2015 yilning fevralida tugallishi kutilmoqda.

Avvalroq, Kaliforniya shtati Kalabasas shahrida qo`shnisining uyiga hujum qilganligi uchun besh kunlik jamoatchilik ishlariga jalb etilgan va jarima to`lagan edi. Shuningdek, Biberga sobiq qo`shnisi Jeffri Shvars hamda uning oilasiga ikki yil yaqinlashish ham taqiqlangan edi. Advokatning ta`kidlashicha, aynan shu sababli obro`li hududdagi uyini sotgan.

    Boshqa yangiliklar