AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Guliston shahrida yig`ilish o`tkazdi

'Shavkat Mirziyoev Guliston shahrida yig`ilish o`tkazdi'ning rasmi

Guliston shahrida Sirdaryo viloyati va tumanlar hokimlari, faollar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Sirdaryo viloyatining sanoat va xizmat ko`rsatish salohiyatidan to`liq foydalanilmayotgani, qishloq tumanlarda sanoat deyarli yo`q ekanini qayd etdi. Shu bois maxsus ishchi guruh yuborilib, 342 ta o`rta va yirik investisiya loyihalari dasturi ishlab chiqilganini ta`kidladi.

Xususan, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farhod gidroelektr stansiyasini modernizasiya qilish, Sardoba suv omborida kichik gidroelektr stansiyasi qurish bo`yicha jami 275 million dollarlik uchta loyihani amalga oshirish boshlanadi.

Bundan tashqari, O`zbekistonning Xitoy, Italiya va Qozog`istondagi elchilari tomonidan o`ttizga yaqin loyiha bo`yicha aniq takliflar shakllantirilgan. Prezidentimiz viloyatga qo`shimcha investisiyalar olib kelish, tadbirkorlik tashabbuslarini yuzaga chiqarishga ko`maklashish, qishloq xo`jaligi erlari va tomorqalardan samarali foydalanish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Yig`ilishda ma`naviyat, madaniyat, ta`lim-tarbiya masalalariga ham alohida e`tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda an`anaga aylangan xayrli ishlarni davom ettirgan holda, Guliston shahrida O`zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabini tashkil qilishni taklif etdi. Yig`ilganlar bu tashabbusni qizg`in qo`llab-quvvatladi.

    Boshqa yangiliklar