AsosiyJamiyat

Yashirincha olib kirilayotgan 225 dona telefon to`xtatib qolindi

'Yashirincha olib kirilayotgan 225 dona telefon to`xtatib qolindi'ning rasmi

Namangan viloyati bojxonachilari uyali aloqa vositalarini yurtimizga yashirincha olib kirish holatiga chek qo`yishdi.

Xususan, "Pop" chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatdan respublikamizga kirib kelgan fuqaro A.E.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi.

Natijada, fuqaro G`.R.ning yuk sumkasida og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan va bojxona nazoratidan yashirin tarzda olib o`tilayotgan 225 dona "NOKIA" rusumli uyali qo`l telefonlari borligi aniqlandi.

Ushbu tovar moddiy boyliklarning umumiy qiymati qariyb 18 million so`mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar