Rossiyaning Kemerova viloyati aholisi ayni kunlarda qora qorning yog`ishiga guvohi bo`lmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Gap shundaki, hududga yoqqan qalin qor ko`mirni qayta ishlash zavodidan chiqayotgan tutun natijasida qora tusga kirmoqda. Bu holatni esa odamlar videoga va suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashmoqda. Viloyat rasmiylari esa korxonadagi bu vaziyatni bartaraf etish chorasi haqida bosh qotirmoqda. Sababi qora qor insonlar salomatligi uchun xavflidir.






