Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salman Islomobodga tashrifi chog`ida Qirollik qamoqxonasida saqlanayotgan 2100 nafar mahbusni ozod qilishga buyruq berdi.
Shahzoda Muhammad Osiyo safarini yakshanba kuni Pokistonga rasmiy tashrif bilan boshladi. Shuningdek, u Xitoy Xalq Respublikasiga ham tashrif buyurishni rejalashtirilgan. Ushbu safar Saudiya tanqidchisi va jurnalisti Jamal Xashoqji o`ldirilgandan keyin shahzodaning xalqaro maydondagi obro`sini tiklashga xizmat qilishi aytilmoqda.
Tashrif davomida Saudiya Arabistoni va Pokiston o`rtasida 20 milliard dollarlik investisiya shartnomalari imzolandi.
18.02.2019 11:23
Saudiya Arabistoni shahzodasi pokistonlik 2100 nafar mahbusni ozod qildi






