AsosiyJamiyat

2022 yil 1 yanvarga qadar "Yagona FHDYo elektron arxiv baza"si yaratiladi

'2022 yil 1 yanvarga qadar "Yagona FHDYo elektron arxiv baza"si yaratiladi'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mas`ul xodimlari B. Azimov, X. Nasimov hamda FHDYo bo`limlari xodimlari ishtirokida seminar yig`ilish bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli ko`rinishga o`tkazilishini 2022 yil 1 yanvarga qadar tugatish, keyinchalik «Yagona elektron FHDYo arxivi» axborot tizimi bilan integrasiyalashtirish uchun yagona elektron FHDYo arxiv fondini shakllantirish nazarda tutilgan.

O`tkazilgan yig`ilishda Yagona elektron ma`lumotlar bazasini shakllantirish hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli ko`rinishga o`tkazilishini 2022 yil 1 yanvarga qadar tugatilishini ta`minlash maqsadida, tuman arxivariuslari tomonidan dalolatnoma yozuvlari ma`lumotlari “Yagona FHDYo elektron arxiv baza”siga kiritilib borilishi ahvoli taxlil qilindi.


Bundan tashqari, FHDYo organlari tomonidan undirilayotgan to`lovlarning maxsus hisobvaraqlarga to`liq tushayotganligi va ularning sarflanishini nazorat qilish maqsadida FHDYo organlarida joriy etilgan onlayn to`lov tizimi, FHDYo organlarida xat, xabarnoma va arizalarni ro`yhatga olish daftarlarini elektron tarzda yuritish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi.


Shuningdek, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnomaga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalar bo`yicha FHDYo bo`limlari xodimlarining taklif va mulohazalari eshitildi.

    Boshqa yangiliklar