Qozog`istonlik pensioner kampir 35 yil davomida soqol o`stirganini ma`lum qildi, deb xabar berdi Sputnik Kazaxstan nashri.
Muxtabar To`raeva 34-35 yoshligida soqol o`sa boshlagan. Keyinchalik mo`ylov ham paydo bo`lgan. Ammo ayol bundan hayratga tushmagan. Negaki uning onasi va momsida ham shunday mo`ylar kuzatilgan ekan. Bu vaqtda Muxtabar To`raeva turmushga chiqib ikki farzandni dunyoga keltirgan edi. Ammo Muxtabar To`raeva turmush o`rtog`idan uyalmaydi. Negaki u ayolini qo`llab-quvvatlaydi.
Hozirda ayol qishloqdoshlarining soqol borasidagi savollariga kulibgina javob beradi.






