Fransiyaning Feker shahri meri itlarga vovullashni man etdi, deya xabar qildi 24tv.ua nashri.
Vovullagan itlarning xo`jayinlari jarimaga tortiladi. Jarima miqdori 68 evro.
Merning fikricha, tinmay akillaydigan itlar aholi tinchligini buzar ekan.
Shaharning 1400 aholisi ham mer Jan-Per Estenning bu qarorini qo`llab-quvvatlagan. Qonunni buzganlar sudga tortilishi ham mumkin.






