AsosiyDunyo

Moskvadagi mushtlashuvda 2 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi

'Moskvadagi mushtlashuvda 2 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi  'ning rasmi

Bugun, 17 fevral kuni Moskva shahrining janubi-sharqida 10 nafar O`zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo`lgan, deb xabar bermoqda lenta.ru nashri.

Xabarda aytilishicha, janjal ishtirokchilaridan birining ukasini haqorat qilishdan kelib chiqqan. Mushtlashuv oqibatida ulardan ikki nafari vafot etgan. Ularning hammasi Volgograd prospektida joylashgan avtomashina yuvish shoxobchasida ishlagan.

Rossiya Tergov qo`mitasining Moskva shahar bo`limi xodimi Yuliya Ivanova ma`lumotiga ko`ra, 29 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi esa shifoxonaga etmasdan jon bergan.

Ayni damda ushbu jinoyat tafsilotlari o`rganilmoqda, tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar