Kecha, 9 noyabr kuni Bagam orollarida aviahalokat yuz berdi. Samolyot ichidagi 9 nafar insonlarning barchasi halok bo`ldi. Bu haqda news.rambler.ru nashri TASS ma`lumotlariga suyanib xabar beradi.
Lear Jet samolyoti Bagam poytaxti Nassaudan havoga ko`tarilgan va Friport shahriga qo`nish chog`ida halokatga uchragan. Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot kutilmaganda suv kemalarini qo`rish kraniga urilib ketgan. Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.





