AsosiyDunyo

Misrlik talaba Oruellning «1984» kitobi sabab hibsga olindi

Qohira universiteti talabasi o`zi bilan o`qishga angliyalik yozuvchi Jorj Oruellning «1984» romanini olib kelgani uchun hibsga olindi. Bu haqda, mahalliy OAVga asoslanib, Egypt Independent xabar bermoqda, deb yozmoqda kun.uz.

Misr tergov organlari ma`lumotiga ko`ra, 21 yoshli Muhammad T. batareyasi yo`q ikki telefon, ikki «fleshka», qattiq disk va Jorj Oruellning «1984» kitobi bilan qo`lga olingan.

Polisiyachilarning so`zlariga ko`ra, talabaning yonidan mamlakat islom xalifaligi qanday faoliyat olib borishi kerakligi haqida varaqa ham topilgan.

Avvalroq, Philippine Airlines aviakompaniyasi Tailandga uchayotgan yo`lovchilarga o`zlari bilan Oruellning «1984» kitobini olib ketmaslikni tavsiya qilgani haqida xabar berilgandi.

Aviakompaniya ma`muriyatining tushuntirishicha, ushbu kitob Tailandda muxolifat faollarining belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar