AsosiyShou-biznes

“Qaydanam suydima”... Samandar Hamroqulov nima demoqchi?

Oldiniga “Kelinchak” ozgina vaqt o`tib esa “Qaydanam suydima” deya xonish qilmoqchi bo`layotgan iste`dodli xonanda, aktyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Samandar Hamroqulov tez kunda o`zining yangi ijod mahsulini o`z muhlislariga taqdim etish ilinjida deya xabar beradi popcorn.uz.

Samandar:

- Yangi qo`shig`imni yozib tugatdik. O`zimga ma`qul kelgan zamonaviy va milliy ohanglardan iborat bu taronada qo`shnay, dutor hamda skripka kabi musiqa asboblaridan foydalanilgan. Raqsga chorlovchi yoshlarbop yangi qo`shig`im muxlislarga manzur keladi, deb umid qilaman. 

''Qaydanam suydima'' nomli qo`shiqning she`ri Ahad Qayum qalamiga mansub bo`lib mazkur tarona  10 dekabr kuni ''Turkiston'' san`at saroyida bo`lib o`tadigan shoir Ahad Qayumning ijodiy kechasida katta sahnada ijro etilishi rejalashtirilmoqda.  

Ayni damda esa Samandarning xayolida bir fikr, ya`ni klip uchun qaysi klipmeyker tezroq yaxshi g`oya taklif etsa o`sha rejissyor bilan hamkorlik qilish niyatida. 

    Boshqa yangiliklar