Shu yilning 6 fevral kuni Toshkent shahri, Sergeli tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga asosan 37 yoshli kollej direktori Ilhom T. 1500 AQSh dollari miqdorida pul olayotganida qo`lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
U o`zining tanishlari orqali 33 yoshli Shahnoza Yu.ga ukasi nomiga kollejni tamomlagani haqida diplom tayyorlab berishni va`da qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-bandiga («Firibgarlik») muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






