AsosiyJamiyat

​«MMFI» universiteti filialiga ijrochi direktor tayinlandi

'​«MMFI» universiteti filialiga ijrochi direktor tayinlandi'ning rasmi

Alisher Sanetullaev «Moskva muhandislik-fizika instituti» milliy tadqiqot yadroviy universitetining (“MMFI” MTYaU) Toshkentda tashkil qilingan filiali ijrochi direktori etib tayinlandi.

2019 yil 6 fevralda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu haqda tegishli qarori imzolandi.

Ta`kidlash kerakki, “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitetining Toshkentdagi filiali O`zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil qilingan. Loyihaga 2018 yil oktyabrida start berilgan.

Rejaga bo`yicha dastlab 100 nafarga yaqin yigit-qiz mazkur universitet filialiga 2019-2020 o`quv yilidan boshlab qabul qilinadi. Hozirgi paytda “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadroviy universitetida 58 nafar o`zbekistonlik talaba ta`lim olmoqda.

Alisher Sanetullaev – ma`lumotiga ko`ra yadrochi-fizik olim. U bu soha bo`yicha Michigan davlat universiteti (AQSh) va Britaniya Kolumbiyasi universitetida (Kanada) ishlagan va tajriba orttirgan. Olim PHD (lat. Philosophiæ Doctor, doktor filosofii) ilmiy unvoniga ega. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Toshkent shahridagi Inha universitetida pedagogik faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar