Shvesiyada o`tgan yili yo`qolgan qirollik oilasiga tegishli qimmatbaho buyumlar topildi, deb xabar berdi Day.Az nashri.
Ushbu yodgorliklar o`tgan yili yoz oyida Stokgolmdan o`g`irlab ketilgan edi. Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, toj va boshqa buyumlar axlatxona qutisidan topilgan. Ularning umumiy qiymati esa 65 mln. kronaga teng. Eksponatlarning topilgani sabab ularni o`g`irlashda ayblanayotgan 22 yoshli shved fuqarosi ustidan olib borilayotgan sud jarayoni to`xtatildi.






