Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida bedarak yo`qolganlarning jasadlari topildi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Asr toshqini, deb baholanayotgan tabiiy ofat natijasida bir necha kishi bedarak yo`qolgani qayd etilgan edi. Polisiya olib borgan tezkor amaliyot chog`ida 2 erkakning jasadi topilgan. Hozirda Taunsville shahri aholisi toshqinlardan eng ko`p azob chekmoqda. Bu erdan 3 mingdan ortiq odam evakuasiya qilingan. Yuzlab uylar suv ostida qolgan bo`lib, joylarda elektr toki uzilishi bilan bog`liq muammolar kuzatilmoqda.






