AsosiyJinoyat

Uchta paxta tozalash korxonasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Uchta paxta tozalash korxonasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Xorazm viloyatida paxta tozalash korxonalari omborlarida 2018 yil mavsumidan ortib qolgan dorilangan, sara urug`lik chigitidan 158 tonnasi saqlash qoidalariga rioya etilmagani oqibatida zararkunandalar bilan zararlangan. Qiymati 539,8 million so`m bo`lgan urug`lik yaroqsiz bo`lib qolgan. Bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga ko`p miqdorda zarar etkazilgan.

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan hududdagi 3 ta paxta tozalash korxonasida urug`lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o`tkazilgan tekshirish jarayonida aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar