AsosiySport

Poytaxtimiz xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

'Poytaxtimiz xalqaro turnirga mezbonlik qiladi'ning rasmi

15-17 fevral kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasining dastlabki rasmiy musobaqasi bo`lib o`tadi. O`smirlar va kadetlar o`rtasida tashkil etiladigan I Ochiq chempionatda Afg`oniston, Tojikiston, Turmaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekiston qilichbozlari sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradi.

Bahslar qilichbozlikning har uchta yo`nalishida tashkil etiladi va unda 150 nafardan ziyod sportchi qatnashadi.

Bellashuvlar O`zbekiston gimnastika federasiyasiga qarashli sport majmuasida bo`lib o`tadi. Musobaqa 15 fevral kuni soat 10:00da start oladi.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil 25 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Afg`oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog`iston, Qirg`iziston, va O`zbekiston qilichbozlik federasiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasini davlat ro`yxatidan o`tkazdi. Ushbu musobaqa Konfederasiya tomonidan tashkil etilayotgan dastlabki turnir hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar