AsosiyDunyo

“Kardiff” futbolchisi bilan halokatga uchragan samolyotni qidirish ishlari davom etmoqda

'“Kardiff” futbolchisi bilan halokatga uchragan samolyotni qidirish ishlari davom etmoqda 'ning rasmi

Bortida “Kardiff” klubi hujumchisi Emilliano Sala bo`lgan samolyotni qidirish ishlari yangi bosqichga o`tdi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Xabarlarga ko`ra, halokatga uchragan Piper PA-47 Malibu rusumli samolyotning qoldiqlari Gernsi orollariga yaqin La-Mansh bo`g`ozidan topildi. Ahamiyatli jihati shundaki, bo`laklar orasida odam tanasi borligi aniqlangan. Jasadning futbolchi Emilliano Sala yoki uchuvchiga tegishli ekani hozircha noma`lum. Mazkur holat sabablari to`g`risida dastlabki hisobot fevral oyining so`ngida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar