Xabib Nurmagomedov va uning otasi kecha Chechenistonda Ramzan Qodirov bilan uchrashishdi.
Tashrif chog`ida Abdulmanap Nurmagomedovga so`nggi rusumdagi «Mersedes» ML avtomobili taqdim etildi.
Bu haqida sportchi o`z Instagrami orqali ma`lum qildi.
"Otam Chechenistondan ana shunday sovg`a bilan qaytdi. Shunday sovg`a uchun, otamga, shuningdek Dog`istondagi oilalarga ko`rsatilayotgan e`tibor uchun rahmat aka. Siz Dog`iston uchun qilgan ishlaringizni men shaxsan bilaman.
Yaratgan sizga uzoq umr ato etsin. Checheniston xalqiga uzoq vaqt xizmat qilishingizni tilayman", - deya Ramzan Qodirovga minnatdorchilik xabarini qoldirdi Nurmagomedov Instagramdagi sahifasida.







