AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o`zgarishi kutilmoqda

'Harbiy xizmatga chaqiruv vaqti o`zgarishi kutilmoqda'ning rasmi

Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlarini yilning fevral—mart oylarida o`tkazilishi chaqiruv va yig`in punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini ta`minlashda qator qiyinchilik va sarf-harajatlarning ortishiga olib kelmoqda. Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatimizning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarni o`z vaqtida chaqiruv va yig`in punktlariga etib kelishlariga to`sqinlik qilmoqda. Shuningdek, qish mavsumidagi yo`llar holati olis hududlarda yashovchi fuqarolarning chaqiruv tadbirlarida to`liq ishtirok etishini qiyinlashtirmoqda.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni va sohaga oid me`yoriy hujjatlar ijrosini ta`minlash, 2019 yil chaqiruvini sifatli o`tkazish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Chaqiruv tadbirlarini o`tkazish davrida yildan yilga takrorlanib kelayotgan kamchiliklar va yuqorida ko`rsatib o`tilgan ortiqcha sarf-harajatlar hamda eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda o`tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini o`tab bo`lgan fuqarolarni zaxiraga bo`shatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga o`tkazish taklifi berilgan.

Shunga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, xaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga o`tkazilishi natijasida muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulayliklar yaratib beradi.


    Boshqa yangiliklar