AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan Afg`onistonga mashina eksport qilishni boshlaydi

'GM Uzbekistan Afg`onistonga mashina eksport qilishni boshlaydi'ning rasmi

GM Uzbekistan yaqin vaqtlar ichida Afg`onistonga avtomobillar eksport qilishni boshlaydi. Bu haqda “O`zavtosanoat“ AJ rasmiylari ishtirokida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida tashkil qilingan “O`zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi.

Unda qayd qilinishicha, 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2019 yilda bu ko`rsatkichni 118,6 million dollarga etkazish rejalashtirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan tashqari, Afg`onistonga avtomobillarni etkazib berish boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. O`shanda 34 117 avtomobil ishlab chiqarildi.

    Boshqa yangiliklar