AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura sobiq deputat Olimjon To`xtanazarov ishi yuzasidan izoh berdi

'Bosh prokuratura sobiq deputat Olimjon To`xtanazarov ishi yuzasidan izoh berdi'ning rasmi

Namanganlik sobiq deputat Olimjon To`xtanazarov sud zalidan oilasi bag`riga qaytgani haqida xabar bergan edik. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu masala yuzasidan aniq ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Namangan tumani sudining 2019 yil 5 fevraldagi hukmi bilan O.To`xtanazarov qilmishi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandidan 168-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.

U 168-moddasi 1-qismi, 211-modda 1-qismi bilan aybli, deb topilgan. 45,57-moddalarni qo`llab 3 yil MXMQ, 2 yil 8 oy 31 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Oilaviy sharoiti va yagona boquvchiligi inobatga olingan.

    Boshqa yangiliklar